MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI XIVA SHAHRIDA TASHKIL QILINMOQDA Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 13-noyabr kuni Xiva shahar 56-sonli ixtisoslashtirilgan maktab binosida soat 13:00 da boshlanadi.
Manzil: Xiva shahar Yangi turmush mahallasi
Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.