Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 7-12-2023, 14:27

"Al-Xorazmiy vorislari"







Xiva shahridagi 12-son umumiy o'rta ta'lim maktabda 7,8,9,10-sinflardan IT ga qiziquvchi o'quvchilar bilan "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Loyihaning 1-bosqichida 2024-yil yanvar oyidan shahrimiz markazida joylashgan "IT PARK" binosida barcha  maktab o'quvchilari uchun darsdan tashqari vaqtda Informatika va Ingliz tili fanlaridan BEPUL to'garaklar tashkil qilinmoqda. Ushbu to'garaklarda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar tanlov asosida saralab olinadi. Targ'ibot tadbirida o'quvchilarga tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish tartibi tushuntirildi. O'quvchilar loyiha bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida o'quvchilarga savollar berilib, to'g'ri javob berganlarga estalik sovg'alari berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy
  • +998 (62) 377-65-71
  • xivashahar.xtb@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili