Jahon Banki hamkorligidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi
✅ Ayni damda Samarqand viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Jahon Banki hamkorligida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.
🔹Unda ishtirokchilar viloyatning Tayloq tumanida loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishishadi.
✔️Qayd etilganidek, xalqaro tajribaga ko‘ra, sifatli maktabgacha taʼlimga sarmoya kiritish bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash, ijtimoiy moslashuvi, zaruriy bilim va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishni taʼminlaydi.
❗️O‘zbekistonda ham ayni maqsadda xalqaro tashkilotlar bilan ilg‘or loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda.
