📣 Videoroliklar tanlovi: “Vaqt yaxshilik bilan”✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Vaqt yaxshilik bilan” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.
❗️Bundan ko’zlangan maqsad yordamga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan, keksa yoshdagi yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatish, tabiat ne’matlariga, shuningdek, qarovsiz hayvonlarga ozor bermaslikka chorlashdan iborat.
🔗 Ijodiy ishlaringizni 2024-yil 3-fevraldan 29-fevralga qadar @uzedu_tanlov_bot orqali yuborishingiz mumkin.
✔️Eng yaxshi videorolik mualliflari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
👉 Tanlov shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1464