Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy

blog

XORAZMDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI JAMG‘ARMASI HISOBIDAN HAR OYLIK USTAMAGA DA’VOGAR PEDAGOGLARNING SARALASH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bugun, 19-fevral kuni viloyatdagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha 222 nafar pedagog kadrlarning bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.  

Test jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishi uchun belgilangan tartibdagi barcha choralar ko‘rilgan.
Ma'lumot uchun: 2024-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni Respublika bo‘yicha 1250 nafar etib belgilandi (1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan).

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy
  • +998 (62) 377-65-71
  • xivashahar.xtb@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili