Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy

blog

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Sport vaziri Adham Ikramov Xorazm viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Sport vaziri kecha Xiva shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurgan bo‘lsa, bugun Urganch shahridagi 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

Maktabda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish uchun start berildi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Sport boshqarmasi boshlig'i Nodira Djumaniyazova, sport va ta'lim sohasi mutasaddilari hamda sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan o'quvchilar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida vazir maktab o‘quvchilari bilan samimiy suhbatlashdi, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida motivatsion fikrlar berdi. 
Ishonamizki, mazkur uchrashuv o‘quvchilar qalbida unutilmas lahza sifatida saqlanib qoladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy
  • +998 (62) 377-65-71
  • xivashahar.xtb@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili