Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 5-iyundagi 146-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Xiva shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining shahar bosqichi oʻtkazildi. Shuningdek, musobaqa g‘oliblari shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining I-II- va III-darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
15-son DMTT tarbiyalanuvchisi Qo‘ziboyev Abdulaziz, 16-son DMTT tarbiyalanuvchlari Atabekova Oymjonlar 1-o‘rin
8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Dilshodbekov Firdavs 6-son DMTT tarbiyalanuvchisi Raximova Sanamjonlar 2-o‘rin
13-son DMTT tarbiyalanuvchisi Dilshodov Masharif , 2-son DMTT tarbiyalanuvchisi Zaripboyeva Jasminalar 3-o‘rin egaladilar.






