Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy

blog

Endi 1000 ta umumta'lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi 

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan "O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➖ Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuvda "Hancom academy"  tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shahar Yangi turmush MFY Iqtidor 12-uy
  • +998 (62) 377-65-71
  • xivashahar.xtb@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili